Mashg‘ulot IIV akademiyasi hamda Ufa yuridik instituti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida o‘zaro tajriba almashinuvini mustahkamlash maqsadida tashkil qilindi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda tashkil qilingan mashg‘ulotda kursantlar va ixtisoslik kafedralardan professor-o‘qituvchilar qatnashdi.
Onlayn darsda ichki ishlar organlarida axborot-tahlil faoliyatining o‘rni va ahamiyati, axborot-tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash tartibi, mazkur yo‘nalishda bilish zarur bo‘lgan jihatlar, shuningdek talonchilik jinoyatini fosh etishda tezkor-qidiruv faoliyatini tashkil etishning zamonaviy taktikasi va usullari yoritildi.
Mashg‘ulot yakunida ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari masofaviy muloqot qilib, O‘zbekiston va Rossiya huquq-tartibot organlari tizimida yo‘lga qo‘yilgan tajribalar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javol olishdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati