Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xorijlik mutaxassislar mashg‘ulot o‘tdi

29 Mart 2024, 09:03

331

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Krasnodar universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan IIV akademiyasi kursantlari uchun onlayn mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Dastlabki mashg‘ulot “Transport vositalarini olib qochish jinoyatlarining oldini olish va fosh etish” mavzuida bo‘lib o‘tdi. Ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi dotsenti Vyacheslav Stukalov mazkur turdagi jinoyatlarning kriminologik xususiyatlari, ularni fosh etishda amalga oshiriladigan tezkor-qidiruv tadbirlari, transport vositalarini olib qochish uchun Rossiya qonunchiligida belgilagan javobgarlik masalalari xususida ma’ruza qildi.

Shuningdek, universitetning Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi dotsenti Ruslan Snitkin “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlarga mashg‘ulot o‘tdi. Malakali mutaxassis “ayollar jinoyatchiligi” tushunchasi, xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning o‘ziga xos sabablari, dinamikasi, bu turdagi jinoyatlarning oldini olish omillari haqida o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Onlayn mashg‘ulotlar so‘nggida ikki tomon professor-o‘qituvchilari hamkorlikdagi tajriba almashinuvini yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech