Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Xotin-qizlar muammolari tinglandi

14 Mart 2026, 13:53

54

Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi “Yangihayot” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

IIV akademiyasi professor-o‘qituvlari, tuman hokimligi vakillari va mahalla faollari ishtirokida o‘tgan uchrashuvda ayollar o‘rtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish yuzasidan fikr almashildi.

Yurtimizda xotin-qizlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning turmush sharoitini yaxshilash, jamiyatdagi faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa ehtiyojmand xotin-qizlarga ko‘mak berish maqsadida “Ayollar daftari”ning tashkil qilingani bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirmoqda.

Uchrashuvda xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalardagi muammolarni o‘rganish, ayollar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan muloqot qilinib, ularning muammolari tinglandi.

Bugungi kunda mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, maishiy-turmush doirasidagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish dolzarb ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlanib, oilalardagi nizolarni barvaqt aniqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga zarur amaliy yordam ko‘rsatish, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Shu bilan birga, xotin-qizlarga zarur huquqiy maslahatlar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech