Poytaxtimizdagi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida ichki ishlar tizimida xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida suzish musobaqasi o‘tkazildi.
Unda IIV markaziy apparati va tarkibiy tuzilmalaridan 50 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
Murosasiz kurashlar ostida o‘tgan musobaqaning 40-50 yosh toifasidagi ishtirokchilari o‘rtasida kechgan bahslar IIV akademiyasi vakillari uchun omadli yakunlandi. Jamoamiz a’zolaridan Musharraf Mahmudova marrani birinchi bo‘lib zabt etgan bo‘lsa, Dilorom Bobojonova va Gavhar Usmonova kuchli uchlikdan joy oldi.
Shuningdek qolgan toifalar bo‘yicha Farida Muxtorova, Nargiza Yo‘ldosheva, Xolida Husanova, Dilshoda Yo‘ldosheva, Nozima G‘aniyeva va Dilbar Asomovalar shohsupaga ko‘tarildilar. G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati