Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yakuniy davlat attestatsiyasi: bitiruvchilar uchun muhim sinov

1 Iyun 2026, 19:49

61

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘quv muassasasi rahbariyati, imtihonlarga jalb qilingan mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishini tamomlayotgan kursant hamda tinglovchilar ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida akademiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajabov so‘zga chiqib, ichki ishlar organlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan izchil islohotlar, keyingi yillarda o‘quv jarayoniga joriy qilingan ilg‘or yondashuvlar, bitiruvchilarga qo‘yilayotgan dolzarb talablar va kelgusidagi ustuvor vazifalarga to‘xtaldi.

Shundan so‘ng yakuniy davlat attestatsiyasiga oid buyruqlar o‘qib eshittirildi. Mas’ullar, komissiya raislari va a’zolariga imtihonlarni qabul qilish, bitiruv malakaviy ishi himoyalarini yuqori saviyada o‘tkazish, bitiruvchilar bilimini xolisona baholash bo‘yicha belgilangan mezonlar yetkazildi.

Aytish joizki, joriy o‘quv yili yakunida kunduzgi ta’limni “tezkor qidiruv faoliyati”, “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “ekspert-kriminalistika faoliyati”, “xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash”, “tashkiliy-shtab faoliyati”, “jazoni ijro etish faoliyati”, “probatsiya faoliyati”, sirtqi ta’limni esa “huquqbuzarliklarni oldini olish va fosh etish” yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchilar tamomlaydi.

Bitiruv malakaviy ishi himoyalari va imtihonlar 19-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech