Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ta’lim olayotgan magistratura tinglovchilari yakuniy davlat attestatsiyasini topshirmoqda.
Imtihon va diplom himoyalarida shaffoflikni ta’minlash, tinglovchilarning bilim salohiyatini xolisona baholash maqsadida mas’ul idoralar vakillari, Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari rahbarlari, shuningdek yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda akademiyadan tajribali professor-o‘qituvchilar jalb qilingan.
Komissiyalar tomonidan bitiruvchilarning o‘qish davomida olgan bilim va ko‘nikmalaridan tashqari, boshqaruv qobiliyati, strategik fikrlashi, siyosiy-ma’rifiy dunyoqarashi, KPI ko‘rsatkichlari hamda boshqa mezonlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, magistrlik dissertatsiyalarida mavzuning dolzarbligi, muammolarning yechimlariga qaratilgan taklif va tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari, tizimning faoliyat samaradorligini oshirish omillari, istiqboldagi ustuvor vazifalar va kutilayotgan natijalar atroflicha tahlil qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yakuniy davlat attestatsiyasi 28-iyulga qadar davom etadi. Tinglovchilar ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati va xizmat intizomi hamda mutaxassislik fanlaridan imtihon topshirib, magistrlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati