Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yangi Özbekistonni barpo etişning mustahkam huquqiy asosi

7 Dekabr 2023, 19:26

1923

IIV Akademiyasida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining öttiz bir yilligiga bağişlangan tadbir bölib ötdi.

Tizim xodimlari, professor-öqituvçilar, magistratura tinglovçilari iştirok etgan tadbir davlat madhiyamiz ijrosi bilan boşlandi.

Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va hayotimizdagi beqiyos ahamiyati e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, asosiy qonunimizda Özbekistonning suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilandi. Inson huquq va erkinliklarini himoya qilişning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvçi konstitutsiyaviy asoslar yanada mustahkamlandi. Ya’ni insonning huquq va erkinliklarini ta’minlaş davlatning oliy maqsadi ekanligi, davlat tomonidan inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari hamda erkinliklari ta’minlanişi qayd etildi. Öz navbatida, inson bilan davlat organlarining özaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunçilikdagi barça ziddiyat va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilişi belgilab qöyildi.

Şu ma’noda, yangi tahrirdagi Konstitutsiya ijrosini töliq ta’minlaş barça darajadagi davlat organlari va taşkilotlari, şu jumladan, içki işlar organlarining birinçi navbatdagi ustuvor vazifasi ekanligi ta’kidlab ötildi. Tadbir yakunida Boş qomusimizning hayotbaxş qudratini tarannum etuvçi qöşiqlar ijro etildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech