Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

YANGI TIZIM HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT OLDINI OLIŞGA XIZMAT QILADI

10 Fevral 2025, 16:02

1256

Bugungi kunda Qoraqalpoğiston Respublikasida 452 ta mahalla bölib, ularning hammasini jinoyatdan xoli deb bölmaydi. Şu bois, davlatimiz rahbarining yaqinda qabul qilingan qarori asosida mazkur hududda ham tizimli işlar amalga oşirilmoqda.

IIV akademiyasi boşliği Rustam Xatamov kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda bölib, mas’ullar, sektor rahbarlari va “mahalla yettiligi” tizimi vakillari bilan uçraşdi. Muloqot çoğida jinoyatçilikni jilovlaş, huquqbuzarliklarning asl omillarini aniqlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusidagi muhim vazifalar atrofliça muhokama qilindi.

Ma’lum bölişiça, ötgan yil yakuni böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasida jinoyat sodir etiş holatlari köpaygan. Şundan öğirlik, firibgarlik, badanga şikast yetkaziş va boşqa turdagi oldi olinişi mumkin bölgan jinoyatlar salmoği yuqorigiça qolgan. Umumiy hisobda 83 ta mahalla kriminogen vaziyati oğir hudud sifatida baholangan. Ayni kunlarda akademiya professor-öqituvçilari tomonidan şu va jinoyat sodir etilgan boşqa mahallalarda örganişlar olib borilmoqda.

Aytiş joizki, şu kungaça 92 ta mahallaning kriminogen vaziyati ilmiy-amaliy yondaşuvlar asosida örganildi. Jinoyatlarning asl omillari bilan birga, uşbu illatga şart-şaroit yaratayotgan “jinoyat öçoq”lari aniqlandi.

Akademiya boşliği “mahalla yettiligi” a’zolari bilan muloqoti çoğida Prezidentimiz qarorining mazmun-mohiyatiga alohida töxtaldi. Yangi tizim asosida huquqbuzarliklarning barvaqt oldi oliş samaradorligini yanada oşiriş yuzasidan tizim xodimlariga zarur tavsiyalar berdi.

Muxtasar aytganda, joylarda taşkil qilinayotgan örganişlar davlatimiz rahbari qarorini hududlarga keng tatbiq etiş, kriminogen vaziyat bilan boğliq muammolarni öz joyida hal qiliş, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratiş borasida muhim vazifalarni belgilab oliş va amalga oşirişda muhim dasturulamal bölmoqda. Zero, mahallalar osoyiştaligi yurt tinçligidan dalolat beradi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech