Sir emaski, mamlakatimizda keçayotgan özgarişlar rahbar kadrlarga yangiça talablarni qöymoqda. Şu bois, bugungi islohotlar davrida rahbarlarning boşqaruv salohiyati, xalq bilan işlay oliş qobiliyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
IIV akademiyasida magistratura tinglovçilarining bitiruv marosimiga bağişlangan tadbirda amaliyotga yöl olayotgan rahbar kadrlar oldida turgan ustuvor vazifalar alohida qayd etildi.
Tadbir avvalida bitiruvçilarga tantanali ravişda diplomlar topşirildi. Içki işlar vaziri örinbosari, general-mayor Davron Nazarmuhammedov söz olib, muhtaram Prezidentimiz rahbarligida içki işlar organlari tizimida amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarga töxtaldi.
Aytib ötilganidek, keyingi yillarda tizim faoliyati özgarib, mutlaqo yangiça mazmun kasb etib bormoqda. Sohadagi rahbarlar, qaysi böğinda işlamasin, avvalo, zamonaviy bilim, boşqaruv salohiyati va dunyoqaraşga ega bölişi, kunu tun xalq manfaatini öylab, aholining dardu taşvişi bilan yaşaşi kerak. Içki işlar organlarini xaqlçil tuzilmaga aylantiriş ana şu mezonlarga boğliq.
“Bugun xalqimizning özi faoliyatimizga baho bermoqda. Prezidentimiz har bir rahbar kundalik işini mahalladan boşlaşi, aholi bilan doimiy muloqotda bölib, ularni qiynayotgan muammolarni hal qilişi zarurligini ta’kidlab keladilar. Bitiruvçilarimiz davrning ana şu ötkir talabini doimo his qilişi lozim”, – dedi vazir örinbosari.
Tadbirda magistratura ta’lim jarayoniga tatbiq qilib borilayotgan innovatsion yondaşuvlar, öquv yili mobaynida modullar asosida taşkil qilingan maşğulotlar, ilğor xorijiy tajribalarni örganiş, tinglovçilarning boşqaruv mahoratini oşirişga qaratilgan öquv kurslari, şu bilan birga, ta’lim sifatini oşiriş maqsadida belgilab olingan istiqboldagi vazifalar qayd etib ötildi.
“Içki işlar organlari uçun rahbar kadrlar tayyorlaş masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Magistraturani tamomlayotgan istiqbolli kadrlarga ulkan işonç bildirilmoqda. Şu bois, bilim va könikmalaringizni amaliyotda samarali qöllab, yangi avlod rahbar kadrlari degan nomga munosib bölişingiz şart”, – dedi akademiya boşliği Rustam Xatamov.
Şuningdek, tadbirda söz olganlar içki işlar organlaridagi izçil islohotlar xalqimizning tinç-osoyişta hayotini ta’minlaş, hududlarda jinoyatçilikni jilovlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişda muhim omil bölayotganini ta’kidlab ötişdi.
Bitiruvçilar nomidan sözga çiqqanlar tizimning faoliyat samaradorligini oşiriş yölida yanada mas’uliyat, şijoat va fidoyilik bilan xizmat qilişga va’da berdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati