Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yangiliklar qisqa satrlarda

27 Mart 2026, 20:50

50

IIV akademiyasida jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining sayyor sudi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda professor-o‘qituvchilar va kursantlar ham qatnashib, ta’lim jarayonida e’tibor qaratiladigan asosiy jihatlar, xususan, sudga qadar ish yurituvi bosqichida nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni samarali qo‘llash bo‘yicha kerakli tavsiyalar oldilar.

* * *

Yoshlar kuni munosabati bilan IIV akademiyasi kursantlari O‘zbekiston davlat satira teatriga borishdi.

Serb dramaturgi Miroslav Mitrovich pyesasi asosida sahnalashtirilgan “Yarim tundagi o‘g‘rilik” komediyali spektakli yoshlar uchun ham kulgili, ham tarbiyali jihatdan manzur bo‘ldi.

* * *

Jamoat xavfsizligi universitetida IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan mashg‘ulot o‘tkazildi.

Universitet kursantlari uchun tashkil etilgan mashg‘ulotda Avtomobil tayyorgarlik kafedrasi boshlig‘i S. Kalauov yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash tizimining huquqiy va institutsional asoslarini sohadagi islohotlar misolida yoritib berdi.

* * *

IIV akademiyasining Psixologik ta’minlash markazida navbatdagi trening o‘tkazildi.

Unda turli usullar orqali kursantlarning ichki salohiyatini yuzaga chiqarish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, ruhiy barqarorligini ta’minlashga e’tibor qaratildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech