Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

YANGILIKLAR QISQA SATRLARDA

30 Sentyabr 2021, 04:09

672

IIV O‘quv-dala markazida “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” yo‘nalishida taʼlim olayotgan Аkademiya kursantlari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik B.Berdaliyev ishtirok etib, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish borasida o‘z mulohazalarini bayon etdi. Davra suhbati yakunida bir guruh aʼlochi kursantlar bosh boshqarma tashakurnomasi bilan taqdirlandi. Bo‘lajak soha vakillariga huquqiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.

 

***

Аkademiyaning “yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha 2-bosqichi kursantlari galdagi mashg‘ulotni Аvtomobil yo‘llarida transport vositalarining xavfsiz harakatini tashkil etish va monitoring qilish markazida o‘tkazdilar.

Malakali mutaxassislar tomonidan olib borilgan mashg‘ulot davomida kursantlar zarur bilim va tavsiyalarni olishdi.

***

IIV Akademiyasining Аvtomobil tayyorgarligi kafedrasi tomonidan Yunusobod tumanidagi 288-umumiy o‘rta taʼlim maktabida uchrashuv o‘tkazildi.

Davra suhbatida bolalar ishtirokidagi sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalari tahlil qilinib, yo‘llarda harakatlanish qoidalariga amal qilish, belgilarga rioya etish va hushyorlikni oshirish yuzasidan o‘quvchilarning huquqiy savodxonligi oshirildi.

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech