Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 105-sonli maktab-internatida ko‘ngilochar tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida IIV akademiyasi kursantlari tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlar, qiziqarli sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlar maskan tarbiyalanuvchilariga cheksiz quvonch ulashdi.
* * *
IIV akademiyasi magistrlari uchun Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasiga qarashli Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazida sayyor mashg‘ulot tashkil qilindi.
Tinglovchilar o‘quv markazi va kinolog xodimlarning kundalik faoliyati bilan tanishib, xizmat itlari yordami bilan bajariladigan operatsiyalarga guvoh bo‘ldilar.
* * *
IIV akademiyasida Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati bilan hamkorlikda navbatdagi fakultativ mashg‘ulot tashkil qilindi.
Unda kursantlar xizmat paytida OAVlari vakillari muloqot qilish, turli nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda o‘zini o‘zi boshqarish, to‘g‘ri xatti-harakat qilish usullarini o‘rgandilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati