Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangiliklar qisqa satrlarda

04 Noyabr 2025, 09:11

30

IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchilari uchun sayyor mashg‘ulot tashkil qilindi.

Mashg‘ulot davomida “tashkiliy-strategik boshqaruv” va “tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligi tinglovchilari Toshkent shahar IIBB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi faoliyati bilan tanishib, turli vaziyatlarda kuch va vositalarni boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirdilar.

* * *

Poytaxtimizning Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil qilindi.

Iste’fodagi general-mayor Tohir Mullajonov, yosh xodimlar hamda IIV akademiyasi kursantlari ishtirok etgan tadbirda kasbga sadoqat, burch va mas’uliyat, yurtga daxldorlik hissi bilan yashash tushunchalari haqida so‘z borib, yosh avlod vakillariga tavsiyalar berildi.

* * *

XXR Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazida sayyor mashg‘ulot tashkil etildi.

Shu kuni mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, kriminalistik ekspertizalarni o‘tkazish usullari va tadqiqot jarayonida qo‘llaniladigan maxsus vositalar haqida taassurotga ega bo‘lishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech