IIV akademiyasida o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ana shu mavzuga bag‘ishlandi.
Anjumanda manfaatdor idora va tashkilotlar vakillari, soha mutaxassislari, qator oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda kursantlar ishtirok etdi.
Konferensiya davomida yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashga zamonaviy innovatsion yondashuvlarni tatbiq qilish, inson hayotini muhofaza qilish, o‘lim bilan bog‘liq holatlarni kamaytirish, tirbandliklarning oldini olish, yo‘l-transport hodisalarining asosiy omillari, avtomaktablar faoliyati va haydovchilar tayyorlash tizimini zamon talablari darajasida takomillashtirish hamda boshqa masalalar muhokama qilindi.
Sohadagi ilg‘or tajribalar tahlil qilinib, mavjud muammolarning yechimlariga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi. Samarali mexanizmlarni amaliyotga tatbiq qilish orqali yo‘l harakati xavfsizligi tizimini sifat jihatdan takomillashtirish, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, faoliyatni ilmiy jihatdan tadqiq qilish zarurligi ta’kidlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati