IIV akademiyasida yöllarda harakat xavfsizligini ta’minlaşning bugungi holati, mavjud muammolar va ularning yeçimlariga bağişlangan ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.
Manfaatdor vazirlik va taşkilotlar vakillari, olimlar, soha mutaxassislari iştirok etgan tadbirda ayni sohada amalga oşirilayotgan islohotlar, amaliyotga tatbiq etilayotgan ilğor yondaşuvlar hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan fikr almaşildi.
Konferensiyada IIV akademiyasi boşliği örinbosari R. Nigmatov, Jamoat xavfsizligi departamenti YHXX boşliği Ş, Ibragimov, Respublika sud ekspertizasi markazi laboratoriya mudiri Q. Umidillayev, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi boş mutaxassisi D. Musayev, Toşkent davlat transport universiteti kafedra mudiri A. Nazarov, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi katta prokurori O. Kim va boşqalar sözga çiqdi.
“Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaşning ustuvor yönalişlari”, “Yöl harakati xavfsizligi sohasidagi muammolar böyiça istiqboldagi çora-tadbirlar”, “Yöl-transport hodisalarida sud ekspertizasining zamonaviy imkoniyatlari”, “Yöl xöjaligini rivojlantiriş istiqbollari”, “Avtomobil yöllarida harakat xavfsizligini ta’minlaş muammolari: ilmiy-amaliy yeçimlar”, “Malakali haydovçilarni tayyorlaş – davr talabi” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.
Soha mutaxassislari tizimdagi muammolarga e’tibor qaratib, yöl infratuzilmasini yaxşilaş, yöl-transport hodisalarini kamaytiriş, huquqbuzarliklarning asl omillarini ilmiy jihatdan örganiş, harakat iştirokçilarining madaniyatini yuksaltiriş, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy qiliş borasida taklif hamda tavsiyalarini bildirib ötdilar.
Konferensiya doirasida iştirokçilar maxsus texnika va vositalar körgazmasi bilan ham tanişdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati