Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yosh xodimlar xizmatga moslasha olayapti(mi)?

28 May 2024, 09:05

254

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasida IIV akademiyasini tamomlagan yosh xodimlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir kadrlar faoliyatini o‘rganish, ularning muammo va takliflarini tinglash, ta’lim va amaliyot uyg‘unligini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil qilindi.

Uchrashuvda boshqarma mutasaddilari, akademiya ishchi guruhi vakillari so‘z olib, keyingi yillarda kadrlar siyosati samaradorligini oshirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab o‘tishdi. Shunga qaramay, ayrim yosh xodimlarning xizmatga moslashishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani aytildi.

– Akademiyada kadrlar tayyorlashning sifat jihatdan yangi tizimi joriy qilindi, – deydi ishchi guruhi rahbari, podpolkovnik Turg‘un Kuchkarov. – Kursantlarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida hududiy IIOlari bilan bazaviy amaliyot, master-klass hamda bitiruvoldi “Final” kompleks o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bu kabi mexanizmlar kursantlarning amaliyotdagi xizmat faoliyatiga qisqa fursatda moslashishiga yordam bermoqda. Bundan tashqari, kafedralarni IIOlariga biriktirish orqali hududlardagi kriminogen vaziyatni o‘rganish, yosh xodimlar faoliyatini monitoring qilish, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan o‘rganishlar, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yaratilayotgan metodik qo‘llanmalar haqida ma’lumot berildi. Yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularga zarur tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech