Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yoshlar korrupsiyaga qarshi eng katta kuch

10 Dekabr 2025, 05:12

74

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan IIV akademiyasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbir yoshlarni qonunga itoatkor ruhda tarbiyalash, ularda korrupsiyaga qarshi mustahkam xulq-atvorni shakllantirish, ichki ishlar organlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.

Shu kuni Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga ta’limni to‘liq raqamlashtirish, imtihonlar jarayonida inson omilini kamaytirish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, kursant va tinglovchilarda ushbu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, tizim uchun qonun ustuvorligiga so‘zsiz rioya qiladigan xalqparvar ichki ishlar organlarini tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Talabalar axborot-resurs markazi, o‘quv xonalari, auditoriyalar va boshqa maskanlarda bo‘lib, yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. Ayniqsa “Vatanparvarlik” va “Korrupsiyaga qarshi kurashish burchak”lari yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ilg‘or tajribalar yuzasidan o‘zaro fikr almashish, yoshlarning korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashish istagini oshirishga xizmat qildi.

Jamshid Xolov,

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech