Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yoshlar masalasiga manzilli yondashuv

23 Mart 2024, 03:03

348

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tomonidan uyushmagan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

O‘tgan qisqa vaqt mobaynida Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida 9 marotaba o‘quv yig‘ini tashkil qilinib, 800 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Yoshlar bilan interaktiv mashg‘ulotlar, sport musobaqalari hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazildi.

Aytish joizki, o‘quv yig‘inlari davomida yoshlarning keyingi taqdiri ham alohida e’tibor markazida bo‘lmoqda. Xususan, mahalliy hokimliklar, sektorlar, kasb-hunar o‘rgatuvchi va bandlikka ko‘maklashuvchi tashkilotlar vakillari bilan sayyor uchrashuvlar uyushtirilib, uyushmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularga ijtimoiy-huquqiy ko‘mak berish, muammolarini hal etish choralari ko‘rilmoqda. 

– Yoshlarda salbiy xulq-atvorning shakllanishi ular ruhiyatidagi o‘zgarishlarga bog‘liq. Psixologik treninglar orqali ularning qiziqishi, qobiliyati va kelajak maqsadlarini o‘rganilib, kasb-hunarga yo‘naltirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda, – deydi IIV akademiyasi katta o‘qituvchisi Yoqubjon Farfiyev. 

Muxtasar aytganda, “Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari” shiori ostida o‘tkazilayotgan o‘quv yig‘inlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni qaror toptirish, ularni yuksak daxldorlik, fidoyilik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech