Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yoşlar milliy qadriyatlarimiz kuyçisi

4 Noyabr 2024, 19:49

1775

Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida milliy qadriyatlar sayli ötkazildi.

Adabiy-ma’rifiy tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yozuvçilar uyuşmasi vakillari, IIV akademiyasi kursantlari, vazirlik tasarrufidagi akademik litseylar öquvçilari hamda Benkov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan rassomlik maktabida ta’lim olayotgan yoşlar iştirok etdi.

Tadbirda ona tilimizning hayotimizdagi örni, uni asrab-avaylaş va milliy qadriyat sifatida tarğib qiliş borasidagi ezgu işlar, özbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va nufuzini oşirişga qaratilgan izçil islohotlar e’tirof etildi. Yoş avlodda xalqimiz tafakkurining bebaho xazinasi bölmiş ona tilimizga nisbatan milliy ğurur hissini yuksaltiriş dolzarb vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Sayilda xalqimizga xos qadriyatlar, milliy ufr-odat va an’analar, asrlar oşa zavol topmay kelayotgan kuy-qöşiqlar, xalq oğzaki ijodi namunalari tarannum etildi. Yoşlar “Zakovat”, şaxmat, arqon tortiş va boşqa öyinlar atrofida birlaşib, ona yurtimizni turli suratlar, şe’rlar orqali madh qildilar. Buyuk ajdodlarimizning ibrati hayotini gavdalantirdilar. Adabiyotga, kitobga ixlosmand yoşlar uçun körgazma uyuştirildi.

Tadbir sönggida eng zukko, faol va ist’dodli yoşlarga kitoblar sovğa qilindi. Akademiya badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan tayyorlagan madaniy dastur barçaga manzur böldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech