Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yoshlarga motivatsiya berildi

30 Mart 2024, 08:03

368

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 121-sonli umumta’lim maktabida “Mening taqdirim – Vatanim taqdiri!” mavzuida tadbir o‘tkazildi.

Uchrashuv o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning daxldorlik tuyg‘usini oshirish, kelgusida munosib kasb egallashlari uchun ko‘maklashish maqsadida tashkil qilindi.

Tadbirda akademiya vakillaridan yuridik fanlar doktori, professor Olimjon Matchonov, Faxriylar kengashi raisi Norqul Toshtemirov so‘zga chiqib, inson hayotida bilim va ma’rifatning o‘rni haqida mulohaza yuritishdi. Yangi O‘zbekistonda yoshlar taqdiriga ustuvor vazifalar qatori e’tibor qaratilayotgani, ulkan islohotlar samarasi yoshlarning ezgu intilishlariga bog‘liq ekanligi ta’kidlandi.

Ochiq muloqot ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli yangilanishlar, sohada xizmat qilishning sharafli jihatlari haqida bildirilgan fikrlar bilan davom etdi. O‘quvchilarga akademiyada yo‘lga qo‘yilgan ta’lim jarayonlari haqida ma’lumot berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech