Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yuqori kasbiy madaniyat har qanday illatga barham beradi

30 Iyul 2026, 18:49

142

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Komplayens va ma’naviy madaniyat oyligi” doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir kursantlar o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash, ularning kasbiy madaniyatini yuksaltirish, yosh avlodda korrupsiyaviy illatlarga qarshi kuchli immunitetni shakllantirish maqsadida tashkil qilindi.

Soha faxriylari, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha masu’llar va saf qismi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda so‘z olganlar korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlar, ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar, soha xodimlariga qo‘yilayotgan dolzarb talablar, kasbiy madaniyatni shakllantirish omillari xususida so‘z yuritishdi.

Akademiyada ta’lim olayotgan kursantlar tizimda samarali xizmat qilishi, zimmasidagi burchni vijdonan bajarishi uchun kasbiy bilimlarni puxta egallashi, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirib borishi, kuchli intizom, halollik, fidoyilik va xalq manfaatlarini hayotiy mezonga aylantirishi kerakligi aytib o‘tildi.

Binobarin, mamlakatimizda yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani, o‘sib kelayotgan har bir o‘g‘il-qizga ulkan ishonch bildirilayotgani, ichki ishlar organlaridagi islohotlarning samarasi yosh kadrlarning ona Vatanimizga sadoqati va kasbiga bo‘lgan muhabbatida namoyon bo‘lishi ta’kidlandi.

Tadbir davomida faxriylar boy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni halol, vatanparvar, faol va tashabbuskor, mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdilar. Muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yoshlarning kasbiy mahoratini oshirish, korrupsiyaga qarshi ma’naviy immunitetini kuchaytirish, jamoada sog‘lom muhitni qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech