Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yuraklarga ko‘milgan shoir

25 Aprel 2026, 19:40

58

IIV akademiyasida O‘zbekiston xalq shoiri, xalqimizning ardoqli farzandi Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan kechaga she’riyat ixlosmandlari, kursantlar, shoir ijodiga mehr qo‘ygan professor-o‘qituvchilar to‘plandi.

So‘zga chiqqanlar Muhammad Yusufning hayoti va ijodiga alohida to‘xtaldi. Sevimli shoirimizni yod etish orqali yoshlarning adabiyotga, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ular qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish tadbirning asosiy maqsadi ekanligi aytib o‘tildi.

Tadbirda Muhammad Yusuf she’riyatidagi o‘ziga xos uslub, samimiy ohang, jozibadorlik e’tirof etildi. Shoir ijodida Vatanni sevish, uni farzandlik mehri bilan ardoqlash, bor bo‘y-basti bilan madh etish, insoniy tuyg‘ularni avaylash yuksak darajaga olib chiqilgani, shu bois ham, she’rlarining har bir satri xalqimizning yurak qo‘riga singib ketgani, avlodlar osha barhayot yashayotgani ta’kidlandi.

Adabiy kechada shoirning dilkash she’rlaridan namunalar o‘qildi. Yosh ijodkor ijrosida qo‘shiqlar kuylandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech