Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Zamonaviy dunyoda kiberxavfsizlik: muammolar, tahdidlar va himoya usullari

30 Noyabr 2024, 18:07

2857

IIV akademiyasida ŞHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda ötkazilgan davra suhbati uşbu dolzarb mavzuga bağişlandi.

Tadbir avvalida akademiya rahbari Rustam Xatamov va ŞHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov söz olib, axborot asrida yuzaga kelayotgan muammolarga töxtaldi. Xususan, bugungi globallaşuv davrida axborot texnologiyalari imkoniyatlarining kengayib borayotgani, kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş, kiberxavfsizlikni ta’minlaş masalalari dunyo hamjamiyatini jiddiy taşvişga solayotgani ta’kidlandi.

“Mamlakatimiz miqyosida bu turdagi jinoyatlarni tahlil qilganimizda, ularning aksariyati jabrlanuvçilarning öz harakatlari va ehtiyotsizligi oqibatida sodir etilgani ma’lum bölmoqda. Şu bois, axborot xurujlaridan himoyalanişda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, jamiyatda kibergigienani şakllantirişga alohida e’tibor qaratiş lozim”, - dedi akademiya boşliği.

ŞHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Q. Sobirovning ta’kidlaşiça, kiberjinoyatlar transçegaraviy xususiyati bilan global xarakterga ega. Bugungi kunda ŞHT doirasida xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlaş va kiber makondagi xatarlarga qarşi kuraşiş böyiça samarali hamkorlik yölga qöyilgan. Şunday bölsa-da, kibertahdidlar bilan boğliq salbiy tendensiyalar bu borada kompleks yondaşuvlarni taqozo etmoqda.

Manfaatdor idoralar vakillari, soha mutaxassislari iştirok etgan tadbirda atrofliça fikr almaşildi. “Kiberjinoyatçilik va kiberterrorizm tahdidlariga qarşi kuraşişning bugungi holati”, “Kibermakonda xavfsizlikni ta’minlaş muammolari”, “Raqamli xalqaro munosabatlar asrida kiberdiplomatiya va kiberxavfsizlik”, “Axborot xavfsizligini ta’minlaşda sun’iy intellektdan foydalaniş”, “Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaş istiqbollari” mavzuida ma’ruzalar tinglandi. Bir qator amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.

Şuningdek, tadbir doirasida Özbekistonda ŞHT Xalq diplomatiyasi markazi hamda IIV akademiyasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, tomonlar manfaatli yönalişlarda tajriba almaşinuvini yölga qöyişga kelişib oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech