2025-yilning 5-sentyabr kuni IIV Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda dissertatsiyalar himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Shu kuni Akademiya mustaqil izlanuvchilari A.A. Rasulev va M.M. Xaydarov yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni g‘ayriqonuniy ravishda o‘tkazish va o‘tkazish maqsadida sodir etilgan boshqa harakatlarning jinoyat-huquqiy jihatlari” hamda “Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik uchun javobgarlikni takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy ishini himoya qiladi.
Majlis axborot-resurs markazida soat 11:00 da boshlanadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati