IIV akademiyasi xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi psixolog” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi o‘tkaziladi.
Unda shahodatlangan va erkin yollangan lavozimlarda faoliyat yuritayotan psixolog-mutaxassislar qatnashishi mumkin.
G‘olib va sovrindorlarni aniqlashda har bir ishtirokchining bilim darajasi, amalga oshirayotgan faoliyati (targ‘ibot-tashviqot ishlari, matbuot va OAVlarida e’lon qilgan materiallari, turli anjumanlardagi ishtiroki), istiqbolli g‘oya va rejalari, kasbini targ‘ib qilishga qaratilgan videoroligi hamda boshqa mezonlar inobatga olinadi.
O‘z navbatida, g‘olib ishtirokchi ko‘rik-tanlovning Ichki ishlar vazirligi miqyosida o‘tkaziladigan respublika bosqichiga yo‘l oladi.
Ko‘rik-tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan talabgorlar joriy yilning 30-avgustiga qadar Psixologik ta’minlash markaziga murojaat qilishi va qo‘shimcha ma’lumotlar olishi mumkin.
Murojaat uchun telefon: (99)-860-73-30.
IIV akademiyasi Axborot xizmati