IIV akademiyasining Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Noryigit Dusanov ilmiy ishini himoya qildi.
U pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Z” avlod vakillarida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning pedagogik asoslari va metodik imkoniyatlari” mavzuida tayyorlagan dissertatsiyasini Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli yoqladi.
Hamkasbimizni ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!
IIV akademiyasi Axborot xizmati