Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya vakillari ikkinchi bo‘ldi

19 Fevral 2024, 09:02

452

Guliston shahrida sportning stol tennisi turi bo‘yicha Ichki ishlar vaziri kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Unda vazirlik tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalaridan 21 ta jamoa ishtirok etdi. Xodimlar yakkalik va jamoaviy tarzda bellashdilar.

Musobaqaning yakkalik bahslarida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi terma jamoasi a’zosi, kapitan Akmal Mirsharapov faxrli 2-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Quvonarlisi, vakillarimiz jamoaviy bellashuvlarda ham sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Yakuniy natijaga ko‘ra, IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari jamoasi faxrli birinchi, IIV akademiyasi ikkinchi, Buxoro viloyati IIB xodimlari esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech