Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

29 Aprel 2024, 11:04

324

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tashabbusi bilan Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasida “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining Toshkent shahar bosqichi tashkil etildi.

Unda poytaxtimizdagi harbiy qism, harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalarining yosh harbiy xizmatchi hamda xodimlaridan iborat 16 ta jamoa qatnashdi. Quvonarlisi, мazkur saralash bosqichida IIV akademiyasining “Yuristlar” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Endi jamoamiz intellektual o‘yinning Ichki ishlar vazirligi tizimi bo‘yicha o‘tkazidigan ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.

* * *

Magistraturada jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tolibjon Madumarov, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi katta o‘qituvchisi Murodali Abdurazzoqov hamda magistratura professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari qatnashdi.

So‘zga chiqqanlar “Jinoyatlarni tergov qilishda protsess ishtirokchilarining himoyalanish huquqini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish”, “Tinchlik va xavfsizlikka qarshi qaratilgan jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari”, “Jinoyat-protsessual qonunchilikning takomillashtirilishi munosabati bilan ichki ishlar organlari rahbarlari oldida turgan dolzarb vazifalar”, “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish” mavzularida ma’ruza qilib, o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

* * *

Rossiya Federatsiyasi Federal jazoni ijro etish xizmati Huquq va boshqaruv akademiyasi bilan hamkorlikda onlayn mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

IIV akademiyasining “jazoni ijro etish faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi kursantlari, Jazoni ijro etish faoliyati hamda Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati kafedralari vakillari ishtirok etgan mashg‘ulotlar davomida “Mahkumlar huquqlarini xalqaro standartlarga muvofiq tarzda ta’minlash”, “Mahkumlar bilan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish”, “Stress psixofiziologiyasi” mavzularida ma’ruza tinglandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech