Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

15 May 2025, 08:05

230

Magistraturada “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori B. Musayev xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga atroflicha to‘xtaldi.

* * *

Xotira va qadrlash bayrami munosabati bir guruh faxriylar va marhumlarning oila a’zolari holidan xabar olindi.

Tadbir bahonasida mehr va e’tiborga muhtoj insonlardan ko‘ngil so‘ralib, ularga xush kayfiyat ulashildi. Xonadon egalariga oziq-ovqat mahsulotlari tuhfa qilindi.

* * *

Xalqaro oila kuni munosabati bilan akademiyada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda tajribali mutaxassislar F. Rustamova va N. Yakubova so‘z olib, oilada ma’naviy muhitni yaxshilash omillari, farzand tarbiyasida kattalarning o‘rni, oilaviy nizolarni hal qilishning psixologik yo‘llari yuzasidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

* * *

O‘quv dargohida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil qilindi.

Yoshlar akademiya hayoti tanishib, ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan ilg‘or yondashuvlar, kursant va tinglovchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlarga guvoh bo‘ldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech