Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Barchasi inson qadri uchun

19 Avgust 2025, 09:08

182

Ichki ishlar organlarida “Ijtimoiy himoya oyligi” davom etmoqda.

Oylik munosabati bilan IIV akademiyasi vakillari bir guruh faxriylar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar holidan xabar olishdi.

Uchrashuv bahonasida xonadon egalaridan ko‘ngil so‘ralib, ularga mehr-muruvvat va ijtimoiy yordam ko‘rsatildi. Ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘lida olib borilayotgan chora-tadbirlar, keksa avlod vakillarining ezgu fazilatlari, ular bosib o‘tgan ibratli umr yo‘lining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati e’tirof etildi.

Muhimi, xayrli tashabbus orqali har bir yurtdoshimiz doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida ekanligi yana bir bor namoyon bo‘ldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech