Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bilim olish davri behuda o‘tmasin

19 Aprel 2025, 06:04

225

IIV akademiyasida “Ma’naviyat oyligi” doirasida tashkil qilingan tadbir tarbiyaviy xususiyati bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Unda vazirlik ShXBB ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi vakillari, saf qismi ofitserlari, yoshlar masalalariga daxldor mas’ullar va kursantlar ishtirok etdi.

Keyingi paytlarda kursantlar bilan manzilli ishlashga alohida e’tibor qaratilayotgani, profilaktik tadbirlar ko‘lami va ta’sirchanligi tubdan oshirilgani, natijada intizom buzish bilan bog‘liq salbiy holatlar sezilarli darajada kamaygani aytib o‘tildi.

ShXBB bo‘lim boshlig‘i O‘. Qosimov yoshlar ta’lim-tarbiyasi ertangi kunimizni belgilab beruvchi dolzarb masala ekanligini ta’kidlab, ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyatiga qo‘yilgan talablarga to‘xtaldi. O‘quv dargohida yaratilgan zamonaviy sharoitlar kursantlar uchun katta imkoniyat ekanligi, yoshlar bilim olish davrini behuda o‘tkazmasdan, o‘quv va xizmat intizomiga qat’iy rioya qilishi kerakligi qayd etildi.

Tadbir davomida yuksak fazilatlari bilan namuna ko‘rsatayotgan kursantlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tayyorlangan videorolik namoyish qilindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech