Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Dolzarb vazifalar belgilab olindi

26 Noyabr 2025, 07:11

66

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

IIV akademiyasi mas’ullari bilan birgalikda o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbarining joriy yil 3-yanvardagi 1-son va 18-avgustdagi 253-son qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi ustuvor masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda “Sadriddin Ayniy”, “Ahmad Donish”, “Shayx-ul Olam” va “Pomo‘za” mahallalarida joriy qilingan tajribalar taqdimot qilindi. Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda ijobiy natija berayotgan tizimlarni ommalashtirish, mahallalarda xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan ishlar qamrovini oshirish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda samarali mexanizmlarni amaliyotga tatbiq qilish, “yo‘l xarita”lar ijrosini izchil ta’minlash yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida bajarilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Sohaviy xizmat rahbarlariga qator yo‘nalishlar bo‘yicha topshiriqlar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech