Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ekspert-kriminalistlar uchun seminar-trening

26 Aprel 2024, 03:04

152

Avval xabar qilinganidek, “Sayyor akademiya” dasturi doirasida hududiy ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalist xodimlari uchun mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan edi.

Galdagi mashg‘ulotlar Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari Ichki ishlar boshqarmalarida tashkil etildi. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan mashg‘ulotlar davomida sud ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish va xulosani rasmiylashtirish tartibi, amaldagi protsessual talablar bilan birga, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yetkazildi.

Aytish joizki, seminar-treninglar interfaol yoshdashuvlar asosida o‘tkazildi. Soha vakillari sud ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish va xulosani rasmiylashtirish bo‘yicha kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech