Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Faollar bilan muloqot

03 Aprel 2024, 09:04

283

IIV akademiyasi vakillari poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Bahor” MFY faollari bilan uchrashdilar. 

Tadbir “mahalla yettiligi” tizimi asosida aholi bilan manzilli ishlash masalalariga bag‘ishlandi. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi mahalla hayotiga tatbiq qilingan yangi tizim ijobiy natija berayotgani ta’kidlandi.

Muloqot davomida mahallaning kriminogen vaziyati ham muhokama qilindi. Xususan, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikni jilovlash “yettilik”ning hamjihatlikdagi faoliyatiga bog‘liq ekani, har bir muammoga manzilli yondashuv asosida yechim topish zarurligi aytildi.  

Tadbirda profilaktika inspektori, yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar so‘z olib, ayni yo‘nalishda amalga oshirilayotgan tadbirlar hamda faoliyatni yaxshilashga qaratilgan takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech