Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Hamjihatlikda hikmat bor

27 Avgust 2025, 06:08

49

Ichki ishlar organlari tizimida “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar soha xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Oylik munosabati bilan IIV akademiyasi rahbariyati tashabbusi bilan yana bir xayrli tadbir amalga oshirildi. Bir guruh ko‘ngilli xodimlar hamkasblari yashayotgan manzillarga borib, hashar uyushtirishdi.

Hamjihatlik, mehr va oqibat tadbirida xonadonlar, tomorqa va yer maydonlari, ko‘chalar obodonlashtirilib, ko‘rkam holga keltirildi. Yoshi ulug‘larning holidan xabar olindi. Muhimi, hashar bahonasida mahallalar obod, yurtdoshlarimiz ko‘ngli shod bo‘ldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech