Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Hamkorlik aloqalari kengayadi

08 May 2025, 06:05

41

IIV akademiyasi hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokistondagi mintaqaviy vakolatxonasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot avvalida o‘zaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarning dolzarb ahamiyati e’tirof etildi. Xavfsizlik va barqarorlikka rahna soluvchi global tahdidlarga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirish, sud ekspertlarining kasbiy malaka va ko‘nikmasini oshirish, tizimga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, amaliyot xodimlari, professor-o‘qituvchilar va ta’lim oluvchilar uchun o‘quv kurslar tashkil qilish, shuningdek boshqa manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir doirasida mehmonlar akademiya faoliyati va maskanda yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar bilan tanishdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech