Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Huquqbuzarliklar barvaqt oldi olinmoqda

30 Iyun 2025, 09:06

39

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimligi, prokuratura va ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mutasaddilari, “mahalla yettiligi” tizimi vakillari, hududlarga biriktirilgan IIV akademiyasi ishchi guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi muhokama qilindi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan o‘tgan davr mobaynida  amalga oshirilgan tizimli ishlar, jinoyatchilikni jilovlashda erishilayotgan natijalar, yechimini kutayotgan masalalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar qayd etib o‘tildi. Mas’ullarga “yo‘l xarita”lari ijrosi yuzasidan mas’uliyatni kuchaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish natijadorligini oshirish, mahallalarda joriy qilingan ijobiy tajribalarni ommalashtirish, aholini qiynayotgan muammolarni hamjihatlikda hal qilish borasida topshiriqlar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech