IIV akademiyasida konstitutsiyaviy huquq fani bo‘yicha viktorina o‘tkazildi. Unda kunduzgi ta’lim kursantlari bilan birga, tojikistonlik yoshlar ham ishtirok etdi.
Tadbir yoshlarning huquqiy bilimi va siyosiy ongini yuksaltirish, ularni Konstitutsiya va boshqa qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil qilindi.
Davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlarini ta’minlash kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbir ishtirokchilari qiziqarli 4 shart bo‘yicha bellashdi. Kursantlarning bilim salohiyati konstitutsiyaviy huquq sohasi mutaxassislari hamda professor-o‘qituvchilardan iborat hakamlar tomonidan baholab borildi.
Viktorina yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati