Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

O‘quv yig‘inlari yakunlandi

08 Dekabr 2025, 04:12

45

1–6-dekabr kunlari IIV akademiyasida ichki ishlar organlari tizimidagi tegishli rahbarlar uchun qisqa muddatli o‘quv yig‘inlarining yakuniy bosqichi tashkil qilindi.

Mashg‘ulotlarga hududlardan Probatsiya boshqarmalari hamda Jangovar va jismoniy tayyorgarlik bo‘limlari boshliqlari jalb etildi.

Tinglovchilar ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati, sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarning ustuvor yo‘nalishlari, tizimning probatsiya va kadrlar bilan ishlash faoliyatini samarali tashkil qilish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xodimlarning xizmat, jangovar-jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini ta’minlash, shuningdek fuqarolar va OAV vakillari bilan muloqot qilish, nostandart vaziyatlarda o‘zini o‘zi boshqarish yuzasidan bilim hamda ko‘nikmalarini oshirdilar. Bundan tashqari, joylardagi sayyor mashg‘ulotlar davomida tizimdagi yangiliklar bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashdilar.

Ichki ishlar vazirligi vakillari va akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilardan sinov imtihonlari qabul qilindi. Shuningdek o‘quv yig‘ini ishtirokchilari ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech