Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

IIV akademiyasi kursantlari “Topqir kitobxon”

29 Aprel 2024, 11:04

362

Poytaxtimizda ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Bojxona instituti, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Qurolli Kuchlar akademiyasi hamda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari qatnashdi.

Buyuk allomalarimizning ibratli hayot yo‘lini, asarlarini o‘rganish, boy ilmiy-ma’naviy merosini bezavol asrash va targ‘ib qilish, yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda jamoalar “Adabiyot bilimdoni”, “Men sevgan adib”, “She’riyat” shartlari bo‘yicha bellashdilar.

Qizg‘in o‘tgan tanlov natijalariga ko‘ra, IIV akademiyasi jamoasi “Topqir kitobxon”, DXX akademiyasi jamoasi “Eng yaxshi kitobxon”, Qurolli Kuchlar akademiyasi jamoasi “Ijodkor kitobxon”, FVV akademiyasi jamoasi “Ilg‘or kitobxon”, Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi “Targ‘ibotchi kitobxon”, Bojxona instituti jamoasi “Zukko kitobxon”, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti jamoasi “Namunali kitobxon”, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti jamoasi “Harbiy kitobxon” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tadbir yakunida jamoalar diplom va tashakkurnoma, faol kitobxonlar esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech