Giyohvandlik nainki bir inson, balki butun jamiyat uchun xavfli illatdir. Shu bois, ushbu ofatga qarshi kurashish umum mas’uliyatni talab etadi.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Tezkor qidiruv departamenti bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlandi.
Tadbirda Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i o‘rinbosari A. Qurbonov so‘zga chiqib, giyohvandlikning inson hayotiga ta’siri, aholi salomatligi va millat genofondini ushbu ofatdan asrash, narkotik vositalar, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasi uchun javobgarlik masalalari, qonunchilikdagi o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qildi.
Shuningdek “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik oyligi doirasida jamoat tartibini saqlash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan keng qavromli tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda narkotik vositalar, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bilan bog‘liq holatlarni aniqlash, fosh etish hamda kvalifikatsiya qilishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar yuzasidan kursantlarga tavsiyalar berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati