IIV akademiyasida jinoyat qonunchiligini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Manfaatdor idoralar vakillari, soha mutaxassislari, olimlar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, jinoyat qonunchiligining hozirgi holati va uni takomillashtirish masalalari qizg‘in muhokama qilindi.
So‘zga chiqqanlar “Jinoyat qonunchiligiga xalqaro standartlarni implementatsiya qilish”, “Jinoyat huquqining ayrim muammolari”, “Jinoyat huquqida ayb: muammo va yechimlar”, “Prokuratura organlarining jinoyat qonunchiligini takomillashtirishdagi ishtiroki”, “Sun’iy intellekt: jinoiy javobgarlik va qonunchilikni tartibga solish istiqbollari”, “Korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlik normalarini takomillashtirish” va boshqa mavzularda ma’ruza qilib, o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida bildirilgan taklif va tavsiyalar qonunchilik hamda huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolar yechimiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati