Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kasb bayramiga bag‘ishlandi

25 Oktyabr 2025, 07:10

65

Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi.

Poytaxtimizdagi “Zakovat arena”da o‘tkazilgan bellashuvda IIV akademiyasi kursantlaridan iborat 83 ta jamoa qatnashdi. O‘yin avvalida so‘z olganlar ichki ishlar organlari xodimlarining sharafli va mas’uliyatli xizmatlarini e’tirof etib, barchani kasb bayrami bilan qutlashdi.

Ma’rifatli yoshlarni kamol toptirish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan intellektual o‘yin yakunida “Huquqshunoslar” jamoasi birinchi, “Turon” jamoasi ikkinchi, “Humo” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech