Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kinematografiya agentligi bilan memorandum imzolandi

30 Mart 2024, 04:03

309

Poytaxtimizdagi Renessans kino uyida yoshlar hayotiga oid vatanparvarlik filmlariga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Kinematografiya agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, shuningdek, mudofaa va huquqni muhozafa qiluvchi tuzilmalar tasarrufidagi oliy ta’lim ta’lim muassasalari rahbarlari, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, kinoarbob va ijodkorlar, yoshlar jamoatchiligi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Agentlik direktori Firdavs Abduxoliqov muhtaram Prezidentimiz tomonidan milliy kinematografiyamiz rivojiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lida yaratilayotgan filmlar, ayniqsa “Yangi O‘zbekiston va milliy kinematografiya” shiori ostidagi “Kinokarvon” loyihasining ahamiyati haqida to‘xtaldi.

Shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov so‘z olib, har bir yangi asar xalqimiz, avvalo, yoshlar qalbiga yo‘l topishi, ular ongiga Vatanga sadoqat, mardlik, jasorat singari oliyjanob tuyg‘ularni singdirishi, tinchlik va osoyishtalik bebaho ne’mat ekanligini targ‘ib qilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida Kinematografiya agentligi va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov agentlik rahbarlari bilan muloqot qilib, yoshlar uchun Vatanni sevishga da’vat etuvchi yangi filmlar yaratish, ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etishga kelishib oldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech