Yangilangan Konstitutsiyamiz jamiyatdagi barcha qatlam vakillari manfaatlarini hisobga olgan, xalqimizning tushmush farvonligini ta’minlayotgan asosiy qonun sifatida g‘oyat ahamiyatli.
IIV akademiyasida “Konstitutsiya – barqarorlik va taraqqiyot garovi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Qator tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda sud-huquq tizimi vakillari, olimlar, talaba va kursantlar qatnashdi.
Konferensiya avvalida Davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlarini ta’minlash kafedrasi boshlig‘i, professor Karine Djavakova so‘z olib, Konstitutsiya inson qadri ustuvor bo‘lgan Yangi O‘zbekistonning mustahkam huquqiy poydevori ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Anjumanda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent xalqaro universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, IIV akademiyasi va boshqa tashkilotlar vakillarining chiqishlari tinglandi.
Konstitutsiyaviy islohotlarning ustuvor maqsadi, jamiyat va davlat taraqqiyotidagi ahamiyati, asosiy qonunga kiritilgan normalarning mazmun-mohiyati, sud-huquq tizimini chuqur isloh qilish va inson huquqlari kafolatlatlarini kuchaytirishda Konstitutsiyaning o‘rni, yoshlarni qonunlarga itoatkorlik ruhida tarbiyalash kabi masalalarda fikr-mulohazalar bildirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati