Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Korrupsiyasiz jamiyat – barqaror rivojlanish asosi

10 Dekabr 2025, 10:12

31

IIV akademiyasida shu mavzuga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Kriminologiya kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va kursantlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda korrupsiya va u bilan bog‘liq illatlar, ularni keltirib chiqaruvchi omillar, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar, komplayens nazoratning o‘rni, korrupsiyaviy jinoyatlarning iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy oqibatlari, jamiyatda korrupsiyaga tag-tomiri bilan barham berishda davlat organlari va fuqarolarning asosiy vazifalari haqida so‘z bordi.

So‘zga chiqqanlar korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslariga to‘xtalib, amaliyotga joriy qilingan mexanizmlar samarasida erishilayotgan natijalar hamda kelgusidagi vazifalarga to‘xtaldilar.

Tadbir kursantlar viktorina bilan davom etdi. Ikkita shart asosida o‘tgan bellashuvda yoshlar huquqiy bilimlarini namoyon etib, yig‘ilganlarni korrupsiyadan ogohlikka chorladilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech