Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Latviya delegatsiyasi bilan uchrashuv

29 Noyabr 2023, 10:11

467

Bugun IIV Akademiyasida Latviya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot avvalida davlatlarimiz o‘rtasidagi mustahkam aloqalar, hamkorlikning barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotgani e’tirof etildi. Delegatsiya rahbari Gatis Shvika samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng memhonlarga akademiya faoliyati, asosiy ixtisoslik yo‘nalishlari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayoniga tatbiq qilingan yangiliklar, xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida ta’lim sohasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish, kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish bo‘yicha istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi. Mehmonlar akademiya hayoti bilan yaqindan tanishdilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech