Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Mahalla yettiligi” tizimi vakillari o‘qitildi

05 Iyul 2025, 06:07

47

Prezidentimizning joriy yil 3-yanvardagi qarorida respublikamizdagi har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish ustuvor vazifa etib belgilangan.

Qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning izchil ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “mahalla yettiligi” tizimi vakillari uchun sayyor mashg‘ulotlar tashkil qilindi.

IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining dolzarb ahamiyati, yangi tizim asosida faoliyatni tashkil etish mexanizmlari, hududlarda jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda “mahalla yettiligi” vakillarining asosiy vazifalari, ijtimoiy profilaktikaning mazmun-mohiyati va uni samarali tashkil etish yo‘llari atroflicha tushuntirildi. Qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar, “yo‘l xarita”lari ijrosi yuzasidan har bir mas’ul zimmasidagi vazifalar yetkazildi.

Aytish joizki, bugun mahalla instituti aholi bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini hal etish, hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda muhim bo‘g‘inga aylandi. “Mahalla yettiligi” uchun tashkil etilayotgan o‘qishlar soha vakillarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish bilan birga, tizim samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech