Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Markazda sayyor mashg‘ulotlar

08 Oktyabr 2025, 08:10

136

IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchilari uchun Jamoat xavfsizligi departamentining Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markazida sayyor amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilindi.

Mashg‘ulotlar jarayonida markaz faoliyati, tizimga tatbiq qilingan innovatsion texnologiyalar, ularning imkoniyatlari va afzallik jihatlari, hududlarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, kriminogen vaziyatni barqaror saqlash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Magistrlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech