IIV akademiyasida ta’lim olayotgan tojikistonlik kursantlar uchun “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi.
Ichki ishlar organlarida “Ma’naviyat oyligi” munosabati bilan o‘tkazilgan bellashuvda kursantlar va ularga ta’lim berayotgan professor-o‘qituvchilardan tarkib topgan uchta jamoa qatnashdi.
Bellashuv davomida turli sohalarga oid qiziqarli va mantiqiy savollar o‘ynaldi. Blits savollar orqali ishtirokchilarning topqirligi sinovdan o‘tkazildi. Qiziqarli va munozaralarga boy o‘tgan bellashuvda eng bilimdon jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar “O‘zbekistonda jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash tarixi” kitobi hamda turli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati